
Kamoliddin Mamajonovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!
Xabaringiz bor, 11 may kuni Toshkent shahrida MMA kechasi tashkil etiladi. "Fight-Night Gladiators" turnirida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchilari qatorida, MDH davlatlaridan tashrif buyurgan, saviyali sportchilar oktagonga ko‘tariladi.
Jumladan, Abduqodir Abduvorisov, Mashrabjon Ro‘ziboev kabi iste’dodlar ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Bugunga kelib, yana bir qarama-qarshilik ma’lum bo‘ldi. Yarim og‘ir vazn toifasida ikki o‘zbekistonlik jangchi, "Nursulton Team" klubi a’zosi Kamoliddin Mamajonov va O‘ktam Abduholiqov o‘zaro bahs yuritishadi.
Ma’lumot uchun, Mamajonov professional faoliyati mobaynida 10 ta jang o‘tkazgan va ularning 7 tasida g‘alaba qozongan. Rekordidan 3 mag‘lubiyat ham o‘rin olgan. Abduholiqov esa 2 ta jang va har ikkisida g‘alaba qozongan.
Fikrlar