Kamoliddin Tojiev: "Faqatgina Diyor Xolmatov yo‘q"

  • 20 oktabr, 2024, 22:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Elit Chempionlar Ligasi 3-turida "Paxtakor" klubi Iroqning Karbala shahrida "Al Shorta" bilan bellashadi. Bugun o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda Kamoliddin Tojiev ishtirok etdi. 

"Iroqqa g‘alaba uchun keldik. Shuni aytamanki, jamoaning OChLdagi o‘yinlari ancha mazmunli. Umuman olganda bu turnirda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Ertaga ularga muxlislar yordam beradi. Stadion to‘ladi deyishdi. Albatta biz muxlislar uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. 

Tarkib borasida berilgan savolga murabbiy shunday javob berdi. 

- Faqatgina Diyor Xolmatov yo‘q. U MTJ yig‘inidan jarohat bilan qaytgan. Qolgan hamma bugun biz bilan. 

Raqib jamoa haqida u shunday dedi:
- “Al Nassr” bilan o‘yin shunchaki zo‘r. “Al Hilol”ga qarshi o‘yin bu futbol. Unda sen ko‘p zarba berasan gol bo‘lmaydi, ba’zan hujum qilmay ko‘p gol urasan
", - dedi "sherlar" ustozi.

Tojievga Shahzod Azmiddinov hamrohlik qildi va futbolchi ham bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.

"Avvalo, bizni yaxshi kutib olgan “Al Shorta” klubiga rahmat. O‘yinga kelsak, ertaga bizni qiziq bahs kutib turibdi. Ikki jamoa ham dastlabki g‘alaba uchun o‘ynaydi. Biz esa O‘zbekistonda qolgan muxlislarimiz uchun maydonga chiqamiz", - dedi Azmiddinov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!