
Kamoliddin Tojiev: "Shatskixning holati haqida nimadir deya olmayman"
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" 6:0 "Olimpik" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining 2-qismida "sherlar" murabbiyi Kamoliddin Tojiev qatnashdi.
-Bugun yigitlar o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani a’lo darajada uddaladi. 90 daqiqa davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Bahs boshida maydonning holati sababli moslashish biroz qiyin kechdi. Biroz o‘tib esa, barchasi joyiga tushdi. Bugun barcha yaxshi saviyada futbol namoyish etdi. Buning uchun ularga rahmat.
-Maksim Shatskix borasida nima deya olasiz. O‘yin oldidan uning sog‘lig‘ida muammo bor deb aytildi.
-Ha uning sog‘lig‘ida biroz muammo bor. Shu sabab ayni paytda u davolanmoqda.
-Jamoa keyingi o‘yinini Elit chempionlar ligasi doirasida safarda "Persepolis"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yinga jamoani kim tayyorlab boradi. Sizmi yoki Maksim Shattskixning o‘zi?
-Hozircha nimadir deya olmayman. Safar oldidan murabbiyning holatiga qaraladi. Yana ham aniq ma’lumot shifokorlarning yakuniy xulosasidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar