Kamondan otish bo‘yicha terma jamoamiz jahon chempionatida qatnashish uchun Evropaga yo‘l oldi

CHERY AUTO

10-19 iyun kunlari Gollandiyaning Xertogenbos shahri kamondon otish bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edik. Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi kecha tunda Evropaga yo‘l oldi.

Tecno

Hamyurtlarimiz ayni paytda Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib turishibdi. Rejaga ko‘ra, bu erda 3 kunlik so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi va shundayn so‘ng 7 iyun kuni Gollandiyaga yo‘l olishadi. Jahon chempionatida quyidagi sportchilarimiz ishtirok etishadi:

Zokirjon G‘ofurov
Jamshid Sodiqov
Abdulbori Alaviddin
Munira Nurmanova
Ziyodaxon Abdusattorova
Anastasiya Soldatenko

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!