
Kamondan otish. Merganlarimiz Osiyo kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Janubiy Koreyaning Suvon shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogi bosqichi o‘z yakuniga etib bormoqda. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi bitta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yurtdoshlarimiz Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova mikst dasturida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Rejaga ko‘ra, ertaga yakkalik dasturida final bahslari bo‘lib o‘tadi. Afsuski, merganlarimiz bu yo‘nalishda medallar uchun kurashni erta tark etishdi.
Endi jamoamiz 15-16 iyun kunlari jamoaviy va yakkalik dasturdagi Parij-2024 litsenziyalari o‘ynaladigan yakuniy musobaqada ishtirok etish uchun Turkiyaning Antalya shahriga yo‘l oladi.
Fikrlar