
"Kamp Nou" rekonstruktsiyadan so‘ng o‘z bag‘riga qancha tomoshabinni sig‘dira oladi?
"Barselona" klubi o‘zining uy stadioni hisoblangan "Kamp Nou" arenasining rekonstruktsiyasini 2024 yilga qadar yakunlamoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar” ta’mirlash ishlarini 2020 yilning yozida boshlashni rejalashtirishgan. Hozirda stadionning rekonstruktsiya loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, rekonstruktsiyadan so‘ng “Kamp Nou”ning sig‘imi yanada ortadi va o‘z bag‘riga 105 ming ishqibozni sig‘dira olishadi. Ayni damda esa ushbu inshoot 99 ming 354 nafar muxlisga mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, “Kamp Nou” 1957 yil qurilgan va so‘nggi bor 2008 yil rekonstruktsiya qilingan.
Fikrlar