Kan Nagelsmann bo‘shatilishiga izoh berdi

  • 26 mart, 2023, 00:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Bavariya" Tomas Tuxelni yangi murabbiy sifatida tanishtirish marosimini o‘tkazdi. Kechada Oliver Kan Nagelsmann haqida ham gapirdi va uni ketish sabablarini ochiqladi. 

"Yulian - top murabbiy. Biz 100 foiz uni qo‘llab quvvatladik. Ammo e’tiqodimiz va bilmimiz orqali eng to‘g‘ri qarorni chiqardik. Nagelsmanning yomon natijalari o‘tgan yildan boshlandi. "Vilyarreal" va "Borussiya" Myunxengladbax o‘yinlari bunga misol. O‘tgan yozda yana tarkibni kuchaytirdik. Biz keyingi mavsumdagi maqsadlarimizni xavf ostida qolib ketishidan qo‘rqdik. Shu sababli, Yulianning ketishiga qaror qildik", - dedi germaniyalik mutaxassis. 

Yulian Nagelsmanning keyingi manzili "Tottenxem" yoki "Real" bo‘lishi mumkin. U klubning qilgan ishidan hayratda va oz muddat dam olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!