Kanada Premer ligasida yangi klub paydo bo‘ldi
Kanada Premer ligasi rasmiy sayti yangi tashkil etilgan "Ottava" klubi mamlakat milliy chempionati ishtirokichisiga aylangani haqida xabar berdi.
Ushbu klub madridning "Atletiko" klubi rahbarlari tomonidan tashkil etilgan va Premer ligadagi ishtirokini yangi mavsumdan, ya’ni keyingi yozdan boshlashi kutilmoqda. Klub o‘z uy uchrashuvlarini "TD Pleys" stadionida o‘tkazadi.
Ma’lumot o‘rnida, Kanada chempionatida jami ettita - "Pasifik", "Keverli", "Edmonton", "Uonderers", "Valor", "Forj", "York" klublari ishtirok etishadi.

Fikrlar