
Kanadalik "jallod" mish-mishlarga oydinlik kiritdi
MMA tarixidagi eng buyuk jangchilardan biri, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Per 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "UFC 300" yubiley turnirida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
“Bu mish-mish. Menga hech qachon "UFC 300" da jang qilishni taklif qilishmagan. Men ularga oktagonga qaytishni istamasligimni tushuntirdim”, — deb Sent-Per so‘zlarini keltiradi Bloody Elbows.
Eslatib o‘tamiz, Sent-Per o‘zining so‘nggi jangini 2017 yil noyabrida, Maykl Bispingga qarshi o‘tkazib mag‘lub bo‘lgandi. 2019 yil fevral oyida esa kanadalik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan.
Fikrlar