Kanchelskis Rossiya jamoalaridan birini qabul qilib olishga tayyor

  • 9 oktabr, 2020, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya ommaviy axborot vositalari taniqli mutaxassis Andrey Kanchelskis “Navbahor” bilan shartnomani bekor qilgani va ayni paytda Milliy futbol ligasi jamoalarida ishlash variantini o‘rganib chiqayotgani haqida yozmoqda.

Tecno

Shartnomaning bekor qilinishiga sabab sifatida maosh bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik ko‘rsatilmoqda. Biroq “Navbahor” keyingi paytda g‘alabasiz seriya to‘riga ilinib qolgani ham rossiyalik mutaxassis bilan shartnomani bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Matchtv.ru saytining xabar berishicha, Kanchelskis  ayni paytda turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Xususan, Tolyattining “Akron” jamoasiga tajribali murabbiyni ishga olishni tavsiya qilishgan. Chunki kuni kecha bu jamoa bosh murabbiyi Dmitriy Emelyanov lavozimini topshirgan edi.

Kanchelskis bilan birga hujumchi Pavel Golishev ham “Navbahor”ni tark etgani aytilmoqda. Bu futbolchi Rossiyada “Spartak”,  “Moskva”,  “Krasnodar”,  “Tosno”,  “Tom»” va “Nijniy Novgorod” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Biroq, bu mavzu bo‘yicha “Navbahor” rasmiy saytida hozircha xabar chiqmadi.

Avvalroq esa, “Navbahor” klubining strategiyasi o‘zgartirilib, asosiy e’tibor mahalliy yoshlarga qaratilishi haqida ma’lumot berilgan edi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
09/10/2020 20:56
Кетгани яхши хеч нима килолмади курик гап куп натижа яхши эмас эди
Muslimbek Yuldashev
09/10/2020 18:59
Кучли футбочи еканку