Kannavaro va Anchelotti uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro hamda Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) xabar berdi.
"Qarang, bugun Rio-de-Janeyrodagi Braziliya Futbol Konfederatsiyasi qarorgohiga kim tashrif buyurdi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Fabio Kannavaro Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hamda erkaklar terma jamoalari bo‘yicha koordinatyor Rodrigo Kaetano tomonidan qabul qilindi.
Futbolning yirik namoyandalari o‘rtasida samarali va iliq suhbat bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv do‘stona ruhda kechdi va unda futbol, Jahon chempionati, futbol strategiyalari hamda terma jamoalar rivoji bo‘yicha fikr almashildi", — deb yozdi "pentakampeonlar" o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, ayni paytda har ikki mutaxassis ham o‘z jamoalarini Jahon chempionatiga tayyorlash bilan band.

Fikrlar