Kanselu London klubiga o‘tishi mumkin
Yozgi transferlar oynasida "Manchester Siti"dan "Barselona"ga ijara asosida o‘tgan Joau Kanseluning kelajagi hamon noaniq bo‘lib turibdi. Uni kataloniyaliklar qolishini istaydi, lekin "Shaharliklar" bilan muzokaralar bo‘lib o‘tishi kerak.
"The Sun" nashri portugaliyalik himoyachini Premer-ligaga qaytishi mumkinligi haqida xabar berdi. Manbaning ta’kidlashicha, "Arsenal" futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Agarda "Barsa" va "Siti" kelisha olishmasa, londonliklar uni qo‘lga kiritish uchun faol harakat qiladi.
"Kanonirlar" ancha paytdan beri Kanseluni kuzatib keladi. Ispaniya klubidan ham oldin "Arsenal" taklif bilan chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo boshqa transferlar sabab rahbariyat Joau variantidan voz kechgandi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli fulbekning ijara muddati mavsum so‘nggida tugaydi. Shartnomada sotib olish bandi yo‘q.



Fikrlar