Kanseluga "Bavariya"da ham ko‘p imkoniyat berilmayapti

  • 07.03.2023 11:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Transfer huquqi "Manchester Siti"ga tegishli bo‘lgan Joau Kanselu ayni damda "Bavariya" safida to‘p tepmoqda. Portugaliyalik himoyachi Gvardiola bilan bo‘lgan muammolardan so‘ng Germaniyaga yo‘l olgandi.

Kanseluga endilikda "Bavariya"da ham kam o‘yin amaliyati berilmoqda. U klubning so‘nggi ikkita o‘yinida 12 daqiqa maydonda harakatlandi. Joau ushbu holatdan xafa bo‘la boshladi, deya xabar bermoqda "Sky Sport" nashri. 

Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Nagelsmann ham fulbekni nima uchun o‘ynatmayotganiga izoh bergandi. "Joau yaxshi futbolchi, Ammo Stanichich (Kanseluning o‘rniga asosiy tarkibda o‘ynagan xorvat) yaxshiroq himoyalana oladi", dedi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!