Kapadze jamoasi Antaliyada "Qaysar"ni mag‘lub etdi

  • 23 dekabr, 2023, 21:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahriga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun jo‘nab ketgandi. Tarkibda “Olimpik” futbolchilari bilan bir qatorda boshqa klublardan ham nomzodlar chaqirilgan bo‘lib, ularning orasida “Andijon” jamoasining iste’dodli futbolchilaridan biri Farhod Sohibjonov ham bor.

Bugun Kapadze jamoasi Qozog‘istonning “Qaysar” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi. Ushbu to‘qnashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Dastlabki golga Otabek Jo‘raqo‘ziev mualliflik qilgan bo‘lsa, ikkinchi gol Farhod Sohibjonovning hisobiga yozildi.

Futbolchimiz ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushirildi va o‘yinga juda yaxshi kirishib keta oldi. E’tiborli jihati shundaki, “Qaysar” klubini “Andijon”ning sobiq ustozi Viktor Kumikov boshqarib bormoqda. Olimpiya terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvini yana “Qaysar”ga qarshi o‘tkazadi va bu bahs 26 dekabrga belgilangan.

"Andijon" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!