Karate. Antonio Espinos Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti etib qayta saylandi

  • 26 oktabr, 2022, 19:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Turkiyaning Konya shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oladi. Musobaqadan avval Butunjahon karate federatsiyasining Kongressi o‘tkazilib, unda tashkilot prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Xalqaro tashkilot rahbarligiga birgina uning amaldagi prezidenti Antonio Espinosning nomzodi ilgari surildi. Deyarli barcha milliy federatsiyalar ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi va A.Espinos yana 6 yil muddatga WKF prezidenti etib saylandi.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik ushbu mutaxassis 1998 yildan buyon Butunjahon karate federatsiyasini boshqarib kelmoqda. Bugun boshlanadigan dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham 16 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!