Karate terma jamoamiz jahon chempionatida ishtirok etadi

CHERY AUTO

Karate bo‘yicha terma jamoamiz a’zolaridan 8 nafari joriy yilning noyabr oyida Qohira shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etishadi. 

Tecno

Ma’lumot uchun, mazkur yirik musobaqa 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi. Shundan 7 nafar atletimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sevinch Rahimova 105 ta davlatdan kelgan kuchlilar orasidan saralandi. 

Jamoamiz 12 ta vazn toifasidan 8 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi. Bu bilan yo‘llanma qo‘lga kiritish bo‘yicha jahonda kuchli 10 talikdan Osiyoda esa kuchli 5 talikda joy oldi. Markaziy Osiyoda biz  etakchimiz. 

Quyida JChda ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxati bilan tanishing:  

1. Alimardonova Gulshan (-50kg)
2. Rahimova Sevinch (-55kg) 
3. Otaboeva Sevinch (-61kg)
4. Hakimjonova Mohlaroyim (+68kg)
5. To‘raxonov Mehriddin (-60kg)
6. Rashidov Abdulhvahob (-67kg)
7. Muhammadiev Quvonchbek (-75kg)
8. Namozov Shuhratjon (-84kg)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!