
Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi. Umumjamoa hisobida Toshkent viloyati etakchi...
O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan va Toshkent shahrining "Universal" sport majmuasida 16 sentyabr kuni start olgan karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bugun o‘z yakuniga etdi.
7 -18 va +18 yoshlilar ishtirok etgan mazkur musobaqa qizg‘in va keskin bahslarga boy bo‘ldi.
Uch kun mobaynida davom etgan turnir yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida Toshkent viloyati birinchi, Surxondaryo viloyati ikkinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, Andijon viloyati esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqa terma jamoamiz murabbiylari uchun joriy yilning dekabr oyida Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, qolaversa noyabr oyida BAAning Dubay shahrida tashkil etiladigan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga eng munosib sportchilarni saralab olish imkonini berdi.
Fikrlar