
Karikatura. Ronalduga endi futbolkasini echish shart emas
Italiya A Seriyasining 1-turida "Yuventus" safarda "Udineze" bilan 2:2 hisobida jangovar durang o‘ynadi.
Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggi soniyalarida Krishtianu Ronaldu gol urib, turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ronaldu quvonchdan futbolkasini echib gol nishonladi va ogohlantirildi. Oradan bir daqiqa o‘tib, referi VARga murojaat qildi va KriRoning goli ofsayd sababli bekor qilindi. Sariq kartochka esa o‘z kuchida qoldi.
Hamid Sahari buni o‘z qarashlari bilan ifoda etdi. Endi Ronalduga futbolkani echishning keragi yo‘q...
Fikrlar