
Karim transferni barbod qildi
“Chelsi” yozgi transferlar davrida tarkibini germaniyalik iste’dod egasi Karim Adeyemi bilan kuchaytirishni rejalashtirayotgan edi.
The Daily Mail nashrining yozishicha, 22 yoshli futbolchi “aristokratlar”ning chorlovini qabul qilmagan. Bunga “Chelsi” Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmayotgani sabab bo‘ldi.
Adeyemi hozirgi jamoasi “Borussiya” bilan Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida finalgacha etib keldi. Dortmundliklarni faqat dunyoning eng kuchli klubi bo‘lib turgan “Real” to‘xtata oldi xolos.
Karim yangi mavsumda ham Chempionlar ligasida to‘p tepmoqchi. Shu bois, hujumkor futbolchi faoliyatini yo hozirgi jamoasi, yoki “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turnirida muntazam ishtirok etadigan grand klubda davom ettirmoqchi.
Fikrlar