
Karius 5 ta klubning taklifini rad etdi va Turkiyada qolishga qaror qildi
“Liverpul” klubi darvozaboni Loris Karius joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin edi.
O‘zining aytishicha unda bu borada bir nechta takliflar bor edi. Biroq, u yakunda "Beshiktash"da qolishga qaror qilgan.
“Men hammasini rad etdim. Agentim bilan Angliyaning ikki va Germaniyaning uchta klubi bog‘langan. Biroq, “Beshiktosh”da hammasi meni qoniqtiryapti. Bu men uchun eng yaxshi joy”, - deydi germaniyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, “Beshiktosh” 26 yoshli Kariusni mersisaydliklardan 2 mavsumga ijaraga olgan edi. U o‘tgan mavsumni ham aynan istanbulliklar safida ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar