Karpin sobiq shogirdi Shomurodovning "Yuventus"ga o‘tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi

  • 8 yanvar, 2021, 17:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiyaning "Rostov" klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin sobiq shogirdi "Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodovning "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlarga munosabatini bildirdi. Bu haqda "Sport-ekspress" nashri xabar berdi.

- Agar bu haqiqatdan ham shunday bo‘lsa, nega o‘tmasligi kerak? Bo‘ridan qo‘rqqan – o‘rmonda yurmaydi, - dedi Karpin.

Avvalroq, Italiyaning "Tuttosport" nashri "Yuventus" Alvaro Morataning o‘rniga qishki transferlar oynasida Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligini yozgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!