
Kataloniyadan kelgan Suares Madridni zabt eta boshladi
“Barselona”dan “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan urugvaylik hujumchi Luis Suaresning yangi jamoa tarixiga kirishi uchun bir necha daqiqa kifoya qildi.
“Atletiko” o‘z maydonida “Granada”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvning 70-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, bahs oxirigacha ikkita gol urib, bitta golli pas uzatgan Suares tarixiy natija qayd etdi.
33 yoshli hujumchi bu ko‘rsatkichi bilan XXI asrda “Atletiko”dagi ilk uchrashuvida ham gol urib, ham samarali pas oshirgan birinchi futbolchiga aylandi. Shuningdek, Suaresgacha hech kim debyut o‘yinida dubl qayd etmagan ekan.
Fikrlar