Katta yo‘qotish: “Barsa” futbolchisi bir yil to‘p tepolmaydi

  • 10 sentabr, 2024, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng iste’dodli o‘yinchilaridan Mark Bernal uzoq vaqt maydondan tashqarida qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Klub matbuot xizmati 17 yoshli yarim himoyachi chap tizzasidan olgan og‘ir jarohatini operatsiya qildirgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Bernal 27 avgust kuni Ispaniya chempionati 3-turi doirasida “Rayo Valekano”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda shikastlangandi. Klub tibbiyot xodimlari jarohatni operativ yo‘l bilan da’volashni taklif qilishdi.

Operatsiyani taniqli shifokor Joan Karles Monlyau o‘tkazdi. Jarroh amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tganiga qaramay, Bernal bir yil to‘p tepa olmasligi aytildi.

Klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Mark Bernal yozda “Barselona”ning asosiy jamoasiga qabul qilingan va La Liganing birinchi turidan beri muntazam o‘ynab kelayotgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!