Kavani "Atletiko"ga o‘tishi mumkin, agar...
PSJ forvardi Edison Kavani hali ham "Atletiko"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Urugvaylik futbolchining onasi Berta Gomesning so‘zlariga ko‘ra agar “matraschilar” prezidenti Enrike Sesero Kavanidan uzr so‘rasa u “Atletiko”ga o‘tishi mumkin.
“Bu uyat. Prezident yolg‘on gapirdi. Bu kurakda turmaydigan og‘riqli gap edi. Futbolchining agenti (akasi) ushbu transfer uchun pul talab qilyapti deyish kerak emas edi. Preziden muxlislarga haqiqatni gapirishi kerak.
Kavanining “Atletiko”ga o‘tishi mumkinligini inkor etmayman, ammo buning uchun avval prezident kechirim so‘rashi kerak”, - deydi futbolchining onasi.
Eslatib o‘tamiz, Kavani yozda erkin agentga aylanadi.
Fikrlar