Kavani bugun "Monako"ga qarshi o‘yinda PSJga yordam berolmaydi. Chunki...
PSJ klubi hujumchisi Edinson Kavani bugun Frantsiya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan “Monako”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Ispan nashrlarining xabar berishicha bu 33 yoshli urugvaylik futbolchining “Atletiko”ga o‘tayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kuni kecha “matraschilar” bosh direktori Migel Anxel Gil aynan Kavanining transfer masalasini yakunlash uchun Parijga uchib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, "Monako" – PSJ jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.



Fikrlar