Kavani Madridga agent jo‘natdi
PSJdan ketganidan buyon o‘ziga yangi ish joyi qidirayotgan Edinson Kavani qator jamoalar bilan kelisha olmaganidan keyin o‘z agentlarini Madridga jo‘natdi.
Kavani o‘z agentlari orqali “Atletiko” rahbariyati bilan muzokara o‘tkazishni maqsad qilgan. Muzokaralar kelasi haftaning oxirigacha davom etadi.
Aslida Diego Simeone tajribali to‘purarni jamoasiga taklif etishga qarshi emas. Biroq Kavanining talablari ko‘plab jamoalar kabi “Atletiko”ga ham og‘irlik qilishi mumkin.
Fikrlar