
Kayo Borralo Uittakkerni ogohlantirdi
MMA bo‘yicha 31 yoshli braziliyalik jangchi, o‘rta vazn toifasi vakili Kayo Borralo Chimaevga qarshi jangi oldidan Robert Uittakerni ogohlantirdi.
“Men Xamzat bilan birga mashg‘ulot o‘tkazganman. U lagerda mening asosiy sparring sherigim edi. Shu bois, bo‘lajak jang Uittaker uchun juda qiyin bo‘lishiga aminman. Chunki Chimaev juda yaxshi kurashadi. To‘g‘ri, buni hamma ko‘rgan, lekin his qilganlarida, Hamzatning kurashish qobiliyatini kam baholaganini tushunadi. Kurash bo‘yicha diviziondagi eng yaxshi jangchi Chimaev. Biz uni Kamaru Usman ustidan hukmronlik qilganini ham ko‘rdik. Hamzat har doim juda qattiq mashq qiladi. Balki shuning uchun ham ba’zida o‘ziga shikast etkazib, jarohatlarga duchor bo‘lar... Bir paytlar uni besh raund sparring tushib, keyin darhol 30 daqiqa yugurganini ko‘rganman", - deya Borraloning so‘zlarini keltiradi MMA News.
Eslatib o‘tamiz, Robert Uittaker(26-7)ning Hamzat Chimaev(13-0)ga qarshi jangi Abu-Dabi (BAA)dagi "UFC 308" musobaqasida o‘tkaziladi.
Fikrlar