
Kazemiro Angliya va Ispaniyaga qarshi uchrashuvlarda yordam bera olmaydi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro Braziliya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Braziliya futbol konfederatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, terma sardori jarohati sabab terma jamoasining mart oyidagi yig‘iniga bormaydi.
32 yoshli yarim himoyachining jarohati qanchalik jiddiyligi hozircha ma’lum qilinmagan. Kazemironing o‘rnini "Portu"ning 27 yoshli vingeri Pepe egalladi.
"Pentakampeonlar" Angliya va Ispaniya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Uchrashuvlar 23 va 26 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar