
Kech bo‘lganda ochilgan talant
“Lester Siti”ning 35 yoshli hujumchisi Jeymi Vardi Angliya premer-ligasining navbatdagi turida “Vulverxempton” darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu uning Angliya premer-ligasidagi 100-goli sifatida qayd etildi. Shu tariqa, Jeymi Vardi yoshi 30dan oshganda yuzlik marrani zabt etgan birinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Jeymi Vardi 2012 yili “Lester” safiga qo‘shilgunga qadar Angliyaning quyi divizionlarida “Stoksbridj Park Stils”, “Galifaks Taun”, “Flitvud Taun” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
O‘n yil muqaddam “tulkilar” bu o‘yinchini bir million funtga sotib olgan. Bu narx Angliya quyi ligalari uchun rekord summa hisoblanadi. Shundan beri Vardi “Lester Siti” safida barcha turnirlarda 345 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 154 ta to‘p yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar