
Kelasi mavsum Liga 1 da 22 ta klub ishtirok etishi mumkin
“Amen” klubi Frantsiya professional futbol ligasidan chempionatni muddatidan avval yakunlagani uchun yangi mavsumda Liga 1 da ishtirokchi jamoalar sonini oshirishni talab qilmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Gap shundaki, 19-o‘rinda qolib ketgan “Amen” o‘zining quyi divizionga tushirib yuborilishini adolatsizlik deb baholamoqda. Ular yangi mavsumda Liga 1 da 22 ta jamoa ishtirok etishi bo‘yicha petitsiya e’lon qilishdi. E’tiborlisi, ushbu petitsiya allaqachon minglab imzo to‘plashga ulgurdi.
Eslatib o‘tish lozimki, Frantsiya professional futbol ligasi koronavirus tufayli chempionatni muddatidan avval yakunlashga qaror qildi va peshqadam PSJni chempion deb e’lon qildi. So‘nggi o‘rinlarni egallagan “Amen” va “Tuluza” esa Liga 2 ga tushirib yuborildi.
Fikrlar