
Kellini: "Italiyadagi boshqaruv muammosi APL va La Ligada ham bor"
Italiya terma jamoasi va "Yuventus"ning sobiq himoyachisi, hozirda klubning futbol strategiyalari direktori bo‘lib ishlayotgan Jorjo Kellini Italiya futbolidagi boshqaruv muammolari haqida fikr bildirdi:
Italiya futbolida boshqaruv ko‘nikmalari etishmaydimi?
"Ha, lekin bundan faqat Italiya emas, boshqa davlatlar ham aziyat chekyapti. Biz o‘z jamoalarimizni juda qattiq tanqid qilamiz, lekin chet elda ham vaziyat unchalik yaxshi emas. U erda ham ko‘p hollarda faqat o‘tmishdagi to‘g‘ri qarorlar yoki eng yomon vaziyatdan chiqish tajribasi evaziga omadli ko‘rinishadi.
Men bu erda Ispaniya yoki Angliyani nazarda tutyapman. U erlarda ham muammolar bor va bu ko‘zga ko‘rinadi. Masalan, "Barselona"dagi vaziyatni olaylik – bu jamoa jahon darajasidagi brend bo‘lsa-da, ularning boshqaruvi unchalik yuqori saviyada ekanini ko‘rsatmaydi. Agar o‘tmishda xato qilmaganlarida, bunchalik og‘ir holatga tushmasdi. Hatto televidenie huquqlari orqali katta ta’sirga ega bo‘lgan Angliya Premer-ligasida ham moliyaviy muammolar bor. Bu, ehtimol, ayrim boshqaruv xatolari bilan bog‘liq.
Shuning uchun bu masalada biz boshqalardan ancha yomonmiz, deb bo‘lmaydi. Albatta, xalqaro maydondagi mavqeimiz tushayotgani aniq. Bu esa Italiya futboli raqobatbardoshligini yo‘qotishiga va natijada butun tizimning so‘nib borishiga olib kelishi mumkin. Agar menda aniq reja bor, desam – bu manmanlik va yolg‘on bo‘lardi. Lekin biz bu muammoga qarshi kurashishga harakat qilyapmiz" - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik sobiq fulbek.
Fikrlar