Ketganlardan kelganlar ancha zaif!

  • 23 yanvar, 2021, 19:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniya Superkubogidagi qoqilish va «Qirol kubogi»dagi omadsizlikdan so‘ng, ko‘plab muxlislar «Real»ning qiyin ahvolda qolganini chuqur his etdi. Ayniqsa, Ispaniyaning 3-divizion vakilidan uchralgan mag‘lubiyat, Zidanning kelajagiga soya solgandek tuyuldi…

Aslida, Zinedin Rafa Benitesdan jamoa postini qabul qilib olgach, tarkibdagi futbolchilar bilan 3 bor EChLda zafar quchishni uddaladi. Shu o‘rinda, muhim bir faktga e’tibor qarating. Zidan tayyor jamoa bilan ish olib bordi. Bu yigitlar uning kelishiga qadar jamoaga jalb etilgan edi.

zinde

G‘alabali mavsumlarga qaramay, Zidan «Real»ni tark etdi. Ispan nashrlari bunga murabbiyning Florentino Peres bilan transferlar bobida kelisha olmay qolganini bahona qilib ko‘rsatdi. Peres Zidansiz klub qiyin ahvolda qolib ketishini angladi va uni ortga qaytardi. Bu safar Zidan transferlar bobida o‘zi bosh rolni ijro etish sharti bilangina qaytdi. Afsuski, Zidanning talab-istaklari asosida jamoaga jalb etilgan 12 ta futbolchining atigi 5 tasi tarkibda, xolos. Qolganlari yoki klubni tark etgan, yoki ijara asosida boshqa jamoa sharafini himoya qilmoqda.

Tarkibda qolgan futbolchilar: Eden Azar, Ferlan Mendi, Martin Edegor, Eder Militao va Rodrigo

Ketgan futbolchilar: Alvaro Morata, Teo Ernandes, Dani Sebalos, Luka Yovich. Ashraf Xakimi va Reyner.

Endi ushbu yigitlarning faoliyatiga qisqacha nazar tashlaymiz!

Alvaro Morata – «Yuventus»dan 30 millionga sotib olingan

Aynan Alvaro «Real»dagi Zidanning birinchi transferiga aylangan. «Qirollik klubi» «Yuve» sharafini himoya qilayotgan hujumchini qo‘lga kiritish uchun ortga qaytarib olish imkoniyatini ishga soldi. 2016/17 yilgi mavsumda Morata Madrid klubi safida 20 ta gol kiritdi va «Real»ga katta ko‘mak berdi. Jamoa EChL va Ispaniya chempioni bo‘ldi. Afsuski, hujumchi Zidan uchun abadiy zaxira variant bo‘lib qoldi. Benzema qanday ahvolda bo‘lishidan qat’i nazar, Alvaro uning zaxiraga olinishini kutishga majbur bo‘ldi. Aynan shu omil sababli, o‘z istagi bilan «Chelsi»ga yo‘l oldi. To‘g‘ri, Madrid klubi uni foyda evaziga sotdi, biroq sifatli hujumchidan ayrildi. Benzemani yo‘qligini bilintirmaydigan zaxiradagi jokerning ketishi, keyinroq salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Teo Ernandes – «Atletiko»dan 24 millionga sotib olingan

dijasijda

U hozir «Milan» safida A Seriyani «yondirmoqda»! Himoyachi bo‘lishiga qaramay, qahramonimizning hisobida allaqachon 10+11 natija mavjud. «Rossonerilar» safida 59 ta o‘yinda ishtirok etgan himoyachini transfermarkt 50 million evroga baholamoqda. Aslida, Teoni Zidan sekin-asta Marseloning o‘rniga qo‘yishi va qanotni unga ishonib topshirishi mumkin edi. Agar bu ish amalga oshganida, Ferlan Mendi uchun ortiqcha pul sarflashning hojati bo‘lmasdi. «Milan» allaqachon Teoning transferini to‘liq qo‘lga kiritish ilinjida. «Real» esa, Ferlan Mendining o‘yinida progress kuzatilishidan umidvor.

Ashraf Hakimi – «Real» tarbiyalanuvchisi

ashraf

Zidan «Kastilya»dagi marokashlik futbolchini asosiy tarkibga oldi. Bir nechta uchrashuvlarda Dani Karvaxalning o‘rniga maydonga tashladi. 2017/18 yildagi ajoyib mavsumdan so‘ng, «qaymoqranglilar» Hakimini ijara asosida «Borussiya» Dortmund safiga jo‘natib yuborishdi. Ikki yil davomida Ashraf sayyoramizning eng kuchli qanot himoyachilaridan biriga aylandi. «Real» Karvaxalning o‘rnini egallashga qodir ijrochini tarkibga qaytarish o‘rniga, uni «Inter»ga sotib yubordi. To‘g‘risi, bu qaror nima uchun qabul qilingani g‘alati. To‘g‘ri, moliyaviy plyus mavjud, biroq tarkibdagi muammo-chi? Dani jarohat olgach, murabbiy uning o‘rnini Alvaro Odriosola bilan to‘ldirmoqchi bo‘ldi. Afsuski, ispan bunga tayyor emas ekan. Keyin, Lukas Vaskesni himoyaga qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Tan olish lozim, Vaskes qo‘ldan kelgancha vazifani bajarmoqda. Agar Hakimi qo‘yib yuborilmaganida, «Real» bir yo‘la ikkita futbolchidan ayrilmagan bo‘lar edi.

Dani Sebalos – «Betis»dan 16,5 million evroga sotib olingan

dkasokdas

Har bir omadsiz transfer esa, og‘ir tosh singari «Real»ni pastga tortmoqda. Hozirda, jamoani kelasi mavsumda kim boshqarishi haqida mish-mishlar yuribdi. Shuningdek, transfer siyosatini to‘liqligicha Peresga qaytarib berish orqali Zayniddin postda qolishi ham mumkin. Zidan kuchli murabbiy, biroq har qanday murabbiyning ojiz nuqtalari mavjud. Aynan transferlar hozircha “Zizu”ning mehnatiga soya solmoqda. Agar Peres bu vazifani undan tortib olsa, bu barcha uchun yakunda foyda keltirishi mumkin.

Iqtidorli bo‘lishiga qaramay, Dani «Real»ning «chig‘irig‘idan» o‘ta olmadi. Zidan qaytgach, yosh futbolchini chetga surib tashladi. Vaholanki, Solari va Lopetegi davrida futbolchi o‘yin amaliyotga ega bo‘layotgan edi.  Murabbiy o‘z sinovidan o‘tgan qariya – Modrichga ko‘proq ishonch bildirdi. Oqibatda, Sebalos o‘z faoliyatini davom ettirish maqsadida «Arsenal»ga ravona bo‘ldi. Mana ikki yildan beri yarim himoyachi London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Eden Azar – «Chelsi»dn 115 million evroga sotib olingan

daskodsakd

Frantsuz mutaxassisi Edenga befarq emasligini anchadan beri oshkor qilib kelayotgan edi. Uning yuqori darajadagi ijrochi ekanligini haqida fikr bildirgan murabbiy bir yildan keyin «Chelsi»dan uni o‘z klubiga olib kelishiga qaror qildi. Aslida, Madrid super klubi 25 yoshdan katta bo‘lgan yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olishni xush ko‘rmaydi, lekin Zidan uchun Peres istisno qildi. Oqibatda, 115 (ayrim manbalarda 160 million evro) millionlik futbolchi 33 ta o‘yinda ishtirok etdi, xolos. Ronalduning o‘rnini egallashi kutilgan belgiyalik atigi 3 ta gol kiritdi. Aynan shu transfer sababli, «Real» uzoq muddat o‘ziga kela olmadi. Nishonga tegmagan o‘q tufayli klub o‘z o‘yin sxemasini o‘zgartirishga ham majbur bo‘ldi.

Luka Yovich – «Ayntraxt»dan 63 million evro

ksjfkjsfs

Luka o‘zboshimcha ekanligini avval boshidan ma’lum edi. «Real» og‘ir xarakter egasi bo‘lgan serb bilan yaxshi tanishmay turib, transferga qo‘l urdi va qattiq adashdi. «Qaymoqranglilar» safidagi faoliyati davomida atigi 2 gol urgan Luka, ortga qaytgach, birinchi uchrashuvidayoq zaxiradan maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Eder Militao – «Portu»dan 50 million evroga sotib olingan

grkoekgoerg

«Portu» Ederni «Real»ga sotib yuborishidan bir yil ilgari arzimagan pul evaziga sotib olgan edi. Bir yildan so‘ng, «ajdarlar» Militaoni olgan summalaridan 7 barobar qimmatroqqa sotib yuborishdi. Hali himoyachi sifatida to‘liq shakllanmagan Eder uchun 50 million evroni nega sarflangani aniq. U kelajakda Ramosning o‘rnini egallashi lozim edi. Hozircha, uning transferi havoga otilgan o‘qni eslatib yubormoqda.

Rodrigo – «Santos»dan 45 million evroga sotib olingan

kerogkoerger

Yosh Rodrigo Vinisiusdan farqli o‘laroq, sermahsullik namoyish etmoqda. 43 ta o‘yinda 8 ta gol va 9 ta assist. Hali yosh bo‘lishiga qaramay, uning imkoniyatlarini yuqori baholash mumkin. Hozircha, u «Real»ga ko‘makchi, xolos. Asosiy rolda o‘zini qanday his etishi esa, katta so‘roq ostida turibdi.

Reyner – «Flamengo»dan 30 million evroga sotib olingan

ergergergerg

Reynerni klub kelajak uchun sotib olgani aniq, ammo bu investitsiya klubga foyda keltirmasligi ham hech gap emas. Avvaliga braziliyalik vinger «Kastilya»da to‘p surdi. Keyin uni 2 yilga ijara asosida «Borussiya» Dortmundga «ravona» qilishdi. Hozirda, Dortmund klubi safida Reyner deyarli o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan. Bu ketishda 30 million evrodan umidni uzish hech gap emas.

Martin Edegor – Ijaradan qaytdi

fjiwjifwjef

Martin Madridga 2014 yilda o‘spirinlik chog‘ida ko‘chib kelgan edi. Uni darrov «Kastilya»ga o‘tkazishdi. U erda norvegiyalik futbolchi Zidan bilan tanishdi. Professional darajaga chiqqach, klub Edegorni ijara asosida turli jamoalarga yuborishni boshladi. Zidan Modrichning davri o‘tib borayotganini his qilgach, Martinni ortga qaytardi. Afsuski, murabbiy o‘z odatiga sodiq qolgancha – sinovdan o‘tgan futbolchilarga o‘yin amaliyoti taqdim etmoqda. Edegor esa, murabbiy o‘z va’dasida turmaganidan xafa. Shu bois, qishda «Real»ni tark etmoqchi ekanligini rasman oshkor qildi. Zidan esa, 35 ni urib qo‘ygan Lukani Edegordan ustun ko‘rishda davom etmoqda.

«Real»ning transferlari omadsiz! Boz ustiga, asosiy tarkibga kirishning imkoni yo‘q!

kojerjkgerjgierjg

Madrid jamoasi rahbarlari so‘nggi paytlarda kerakli kadrlarni qo‘ldan chiqarib yubormoqda. Qo‘shimchasiga, transferlarda ham birin-ketin xato qarorlar chiqarmoqda. Zidan tanlagan futbolchilar negadir asosiy tarkib uchun yaroqsiz bo‘lib chiqmoqda.

Har bir omadsiz transfer esa, og‘ir tosh singari «Real»ni pastga tortmoqda. Hozirda, jamoani kelasi mavsumda kim boshqarishi haqida mish-mishlar yuribdi. Shuningdek, transfer siyosatini to‘liqligicha Peresga qaytarib berish orqali Zinedin postda qolishi ham mumkin. Zidan kuchli murabbiy, biroq har qanday murabbiyning ojiz nuqtalari mavjud. Aynan transferlar hozircha Zizuning mehnatiga soya solmoqda. Agar Peres bu vazifani undan tortib olsa, bu barcha uchun yakunda foyda keltirishi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!