Ketma-ket uch mag‘lubiyatdan keyin niyatimga etdim!

  • 8 may, 2022, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta klub rahbariyati amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha uzaytirganiga munosabat bildirdi.

- Bu haqda ayrim odamlar mendan oldin xabar topgan va gapirib yurgandi. Bunaqa narsalar menga yoqmaydi. Qizig‘i, klub ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan keyin menga uch yillik bitim taqdim etdi, - dedi Mikel Arteta.

Ispaniyalik mutaxassis “kanonirlar”ni 2019 yilning dekabrida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida londonliklar mamlakat kubogi va Superkubogida zafar quchdi.

Arteta Xosep Gvardiolaning shogirdi hisoblanadi. U Londonga kelgunga qadar “Manchester Siti”da yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!