Kevin de Bryuynega ish taklif qilayotgan 11 klub va ularning raqobatchilari nomi oshkor qilindi

  • 8 dekabr, 2024, 21:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne joriy mavsum yakunlanishi bilan erkin agent maqomini oladi va klubni tark etadi.

Tomonlar uzoq davom etgan o‘zaro hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan va belgiyalik yulduzga yangi shartnoma berilmaydi.

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti”ga egalik qiluvchi City Football Group xoldingi 33 yoshli futbolchini o‘zining boshqa jamoalaridan biriga o‘tkazmoqchi.

Bu qudratli kompaniya dunyoning turli mamlakatlaridagi “Melburn Siti”, “Nyu-York Siti”, “Mumbai Siti”, “Montevideo Siti Torke”, “Trua”, “Lommel”, “Palermo”, “Baiya”, “Jirona”, “Shenchjen”, “Yokogama F-Marinos” kabi klublarga ham egalik qiladi.

Ayrim manbalar Kevinning o‘zi Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami”ga o‘tishni ko‘zlayotgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining badavlat klublari belgiyalik yulduzni bir necha mavsumdan beri o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!