Keyingi iste’fo – Ruben Amorimmi?

  • 05.01.2026 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premier-ligasida murabbiylarni iste'foga chiqarish odatiy holga aylanish qolgan. “Chelsi”dan ketkazilgan Enzo Mareskadan keyin iste'foga chiqarilishi mumkin bo'lgan keyingi nomzod Ruben Amorim bo‘lishi mumkin.

Tecno

“Manchester Yunayted”ning avvalgi mavqeini tiklashga urinayotgan bosh murabbiyi Ruben Amorim klub rahbariyati bilan munosabatlarda ixtiloflar mavjudligiga ishora qildi.

Amorim klub rahbariyati jamoani o‘zi targ‘ib qilayotgan 3-4-3 sxemasiga to‘liq o‘tkazish uchun klub rahbariyati katta mablag‘ sarflashga tayyor emasligini bildirgan edi.

- Menda shunday his borki, ideal 3-4-3 uchun bizga juda ko‘p pul kerak, shuningdek, vaqt ham zarur. Men asta-sekin buning amalga oshmasligini tushuna boshladim. Shuning uchun, ehtimol, menga moslashishga to‘g‘ri keladi, - dedi Ruben Amorim.

Ruben Amorim o‘zining ish beruvchi rahbari, ya'ni klub sport direktori Jeyson Uilkoks bilan munosabatlari haqida ham fikr bildirishni istamadi.

- Men bu haqida gapirishni istamayman. Men avval aytgan o‘z so‘zlarimdan afsuslanmayman. Lekin bu haqida gapirishni xohlamayman, - dedi Amorim jurnalistlar bilan suhbatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!