
Keylor Navas eng zo‘r deb tan olindi
PSJ darvozaboni Keylor Navas Frantsiya professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan chempionatining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
34 yoshli kosta-rikalik posbon so‘rovnomada 49 foiz ovoz to‘pladi. Undan keyingi o‘rinlardi Arman Loryante («Loryan», 35%) va Amin Guiri («Nitstsa», 16%) egalladi.
Navas o‘tgan oy Ligi 1 da 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarning 1 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va 4 ta gol o‘tkazib yubordi.
Keylor Navas PSJ safiga 2019 yil ko‘chib o‘tdi. U bundan avval “Real” Madrid va “Levente” klublarida o‘ynagan.
Fikrlar