Keylor Navas faoliyati MYuda davom ettirishi mumkin

  • 4 may, 2019, 20:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

The Telegraph nashrining yozishicha 32 yoshli kosta-rikalik posbon “qirollik klubi” unga asosiy tarkib futbolchisi sifatida qaramayotgani sabab faoliyatini aynan mankuanliklar safida davom ettirishga rozi. “Qizil iblislar” esa o‘zining asosiy darvozabon David De Xea bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmayapti va shu bois uning o‘rniga Navasni olib kelishni rejalashtirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Navas joriy mavsum “Real” safida 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 19ta gol o‘tkazib yubordi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!