Keyn: Biz shunday o‘yinni kutgandik!
«Bavariya»ning yulduz hujumchisi Harri Keyn Bundesliganing to‘rtinchi turida «Union» (Berlin) ustidan qayd etilgan yirik g‘alabadan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashar ekan, o‘yin haqidagi fikrlarini bayon etdi.
«Xalqaro o‘yinlar oldida shunday uchrashuv o‘tkazganimiz juda yoqimli bo‘ldi. Bunday tanaffusdan oldin xato qilishni istamasdik. Boshidan oxirigacha yuqori darajada o‘ynadik», — dedi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar o‘z maydonida «Union»ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Keyn ushbu bahsda dubl qayd etib, Germaniya chempionatidagi gollari sonini 100 taga yetkazdi.

Fikrlar