
Keyn kelajagi haqidagi mish-mishlarga javob berdi
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn kelajagi haqida gapirdi. Avvalroq, angliyalik futbolchining "Manchester Yunayted" va "Bavariya"ga o‘tishi haqida xabarlar chiqqandi.
- Yangi jamoaga o‘tishingiz haqida nima deya olasiz?
- Rostini aytsam, ko‘p muhokamalar bo‘lmadi. Bor e’tiborimni joriy mavsumga qaratganman va jamoam uchun bor kuchimni sarflayapman. Kelajagim haqidagi mish-mishlar davom etishini bilaman, - dedi Keyn jurnalistlarga.
29 yoshli futbolchining "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar