Keyn Linekerga etib oldi

  • 8 iyul, 2021, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Evropa chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Daniyaga (2:1) qarshi o‘yinda g‘alaba golini kiritdi.

Shu tariqa "Tottenxem" futbolchisi Angliya terma jamoasi safida jahon va Evropa chempionatlarida kiritgan gollari sonini 10 taga etkazib oldi. Keyn bu borada afsonaviy Alan Shirerdan (9) o‘zib ketdi.

Xarri Keyn jahon va Evropa chempionatlarida eng ko‘p gol urgan angliyalik futbolchilar orasida Gari Lineker bilan tenglashib oldi. Ular hisobida 10 tadan gol bor.

Agar Keyn 11 iyul kuni Italiyaga qarshi bo‘ladigan “Evro-2020” finalida gol ursa, unda Linekerdan o‘zib ketadi va mutlaq rekordchiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!