
Keyta mavsumni "Liverpul"da yakunlamoqchi
Germaniyaning “RB Leyptsig” klubi forvardi Nabi Keyta o‘zining “Liverpul”ga borib qo‘shilishini intizorlik bilan kutmoqda.
Express nashrining xabar berishicha 22 yoshli gvineyalik futbolchi aslida mersisaydliklar safiga joriy mavsum yakunlangach borib qo‘shilishi kerak. Lekin, u voqealar rivojini yanada tezlashishini va tezroq “Enfild”ga ko‘chib o‘tishni istamoqda. Keyta xatto bu masala yuzasidan “RB Leyptsig” rahbariyati bilan uchrashgan va o‘zini muddatidan avvalroq qo‘yib yuborishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Keyta “Liverpul” bilan joriy yilning yozida shartnoma imzolagan edi. Biroq, jamoalar o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra futbolchi 2017/18 yilgi mavsumni nemis klubida o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar