
Kike Seten Vidaldan yozgacha qolishni so‘radi
"Barselona" klubi yangi bosh murabbiyi Kike Seten jamoa tarkibi bilan tanishishni endi boshlaganiga qaramasdan bir necha qarorlarni qabul qilishga ulgurdi.
Jumladan, yoshlar jamoasi a’zolari Rikard Puch, Abel Ruis va Alexandro Markes asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
Bundan tashqari, bosh murabbiy Kike yarim himoyachi Arturo Vidalni yozgacha jamoada qolishini istamoqda.
Oldinroq, 32 yoshli yarim himoyachi qishda Kataloniya klubini tark etish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar