Kiko Kasilya sakkiz o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

  • 29 fevral, 2020, 12:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lids"ning ispaniyalik golkiperi Kiko Kasilya sakkiz o‘yinga chetlatildi. Bu haqida Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik kiper "Charlton"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda raqib hujumchisi Jonatan Lekoni haqoratlaganligi uchun jazolandi.

Ushbu holat o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi. Futbol federatsiya vaziyat bo‘yicha maxsus komissiya tuzib, ishni labdan o‘qish bo‘yicha mutahassis va ispaniyalik tarjimonlar yordamida o‘rganib chiqdi.

Yakunda esa darvozabonning aybi tasdiqlandi va unga diskvalifikatsiyadan tashqari 60 ming funtlik jarima solindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!