Kilian Mbappening jarohati bo‘yicha ma’lumot berildi
Frantsiya terma jamoasi va madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappega chap tizzasidagi orqa bogʻlamlar sohasida ortiqcha yoyilib ketish (pererazgibanie) tashxisi qoʻyildi. Bu haqida klub matbuot xizmati maʼlum qildi.
Frantsiya terma jamoasi avvalroq Millatlar ligasining birinchi turida Turkiyaga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongandi. Oʻyinda yagona gol muallifi Mbappe boʻldi, gol urgandan soʻng esa u oʻzini noqulay his qilgani uchun almashtirishni soʻradi.
"Bugun oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar natijasiga koʻra, futbolchimiz Kilian Mbappeda chap tizzasining orqa kapsula qismida ortiqcha yoyilib ketish aniqlandi. Uning tiklanish jarayoni klub mutaxassislari tomonidan doimiy nazoratda boʻladi", — deyiladi madrid klubi bayonotida.
27 yoshli Mbappe Frantsiya terma jamoasi bilan 2018 yilda Rossiyada oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqqan, 2022 yilda Qatarda oʻtgan jahon chempionatida esa kumush medalga sazovor boʻlgan. U jahon chempionatlari tarixidagi gollar soni boʻyicha rekordchi hisoblanadi — uning hisobida 22 gol bor. Joriy mavsumda "Real" safida oʻtkazgan 8 uchrashuvda Mbappe 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar