Kim hujumchi: Husniddin Aliqulov yoki Lima Kruz? - “Nasaf”ning birinchi davradagi statistikasi

  • 5 iyul, 2023, 15:36
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” klubi matbuot xizmati jamoaning birinchi davradagi statistikasini taqdim etdi. 

Tecno

Qarshiliklar birinchi davrani 4-o‘rinda yakunladi. Jamoa birinchi davradagi 13 bellashuvdan 12 tasini o‘tkazdi. “Paxtakor” bilan bellashuv esa 15 avgustda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Ajdarlar” birinchi davrada 12 bellashuvda maydonga tushib, 7 uchrashuvda g‘alaba, 3 marta durang va 2 marta mag‘lubiyatga uchrashdi. To‘plar farqi 18-12ni tashkil etmoqda. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 24 ochko jamlagan holda turnir jadvalida 4- o‘rinni egallab turibdi.

Husniddin Aliqulov himoyachi bo‘lishiga qaramasdan jamoaning birinchi davradagi to‘purariga aylandi. Uning hisobida 5 gol bor. Undan keyin Azizbek Amonov 2 ta, Mateus Lima Kruz 2 ta, Alibek Davronov 2 ta, Zafarmurod Abdirahmatov bitta, G‘olib G‘aybullaev bitta, Akmal Mozgovoy bitta, Javohir Sidiqov bitta, Sherzod Nasrullaev bitta va Oybek Bozorovning hisobda ham bitta gol mavjud. “Surxon”ga qarshi bellashuvda Artyom Potapov avtogol muallifiga aylangan.

Bo‘lib o‘tgan 12 bellashuvda Husniddin Aliqulov maydonda 1080 daqiqa harakat qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Sherzod Nasrullaev 1071 daqiqa, Oybek Bozorov 1049 daqiqa, Abduvohid Ne’matov 990 daqiqa, G‘olib G‘aybullaev 973 daqiqa, Akmal Mozgovoy 967 daqiqa, Umarbek Eshmurodov 900 daqiqa harakat qilgan.

Futbolchilar birinchi davrada hakamlar tomonidan 20 ta sariq va 3 qizil kartochka bilan jazolangan.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” 9 iyul kuni Qarshidagi qarorgohlarida yig‘ilib, ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!