
Kim yangi murabbiyni mensimasa, “Manchester Yunayted”dan haydaladi!
“Ayaks”ni boshqarayotgan Erik ten Xag yozda “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olishga tayyorlanmoqda.
Ko‘pchilik bu mutaxassis mashhur yulduzlar bilan ishlamagani uchun Angliyada qiynalishini ta’kilamoqda. Niderlandiyaning taniqli futbolchi Rafael van der Vart manchesterlik futbolchilarni Erik bilan o‘ylashib muomala qilishga chaqirdi. Uning aytishicha, Erik ten Xag o‘zi bilan hamkorlik qilmagan, jamoaga yordam bermagan, murabbiy ko‘rsatmalarini bajarmagan har qanday o‘yinchini tarkibdan chetlatishga qodir.
Bundan tashqari, niderlandiyalik mutaxassis klub rahbariyati bilan muzokaralar davomida o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda vakolat to‘liq berilishini, xususan, tarkibni shaxsan o‘zi shakllantirish va transfer siyosatini nazorat qilish talabini qo‘ygan.
Fikrlar