
Kimmix "Bavariya"dan ketmoqchi
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix ushbu transfer oynasida Myunxen jamoasini tark etishni tezlashtirmoqchi. Jurnalist Ferran Martinesning xabar berishicha, germaniyalik xavbek "Barselona"ga o‘tish niyatida. Kimmixning sobiq jamoadoshi Robert Levandovski o‘tgan yozda xuddi shunday yo‘ldan bordi.
"Barselona" Kimmixni Serxio Buskets o‘rniga asosiy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda, biroq futbolchining "Bavariya" bilan ikki yillik shartnomasi borligi transferni qiyinlashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona"da ham hozirda transferlarga katta mablag‘ sarflashga imkon bermaydigan moliyaviy muammolar mavjud.
Fikrlar