Kimmix: "Biz mag‘lubiyatga loyiq edik"

  • 24 oktabr, 2024, 07:39
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" - "Bavariya" (4:1) bahsidan keyin myunxenliklar yarim himoyachisi Joshua Kimmix o‘z fikrlarini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa mag‘lubiyatga loyiq o‘ynadi. 

"Og‘riqli mag‘lubiyat. Biz uchrashuvni juda yomon boshladik, lekin nazoratni qo‘lga oldik va ular ikkinchi golni urishdi. O‘sha vaziyatda menimcha, Kimga nisbatan qo‘pollik ishlatilgandi. Bu mening fikrim. Taym so‘nggida 3-golni o‘tkazib yuborishimiz bizga og‘ir botdi va kontrolni yo‘qota boshladik, xatolar qildik. Buning natijasida "Barsa" pressingdan oson chiqib ketaverdi va gollar urdi. 4:1 hisobi adolatli natija emas, lekin biz mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatdik", - dedi germaniyalik futbolchi. 

Kimmix nazarda tutgan vaziyat:

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!