Kimmix Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin

  • 12.05.2023 22:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" futbolchisi Joshua Kimmix kelajakda faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Unga Madridning "real" klubi qiziqish yuildirmoqda, deya xabar bermoqda Germaniyaning bir qancha nashrlari. 

"Qaymoqranglilar" 2024 yilda Kroos va Modrich kabi muhim futbolchilaridan ayrilishi kutilmoqda. Aynan ularni o‘rnini to‘ldirish maqsadida "Real" 28 yoshli nemis transferini amalga oshirmoqchi. Yarim himoyachining "transfermarket" portalidagi narxi 80 million evroni tashkil qiladi.

Kimmixning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. U klubdagi kelajagi borasida qaror qabul qilgani yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!