Klopp: Alisson umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi, Matip "Lester"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 5 oktabr, 2019, 00:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 8-turida "Liverpul" va "Lester" o‘zaro bahs olib boradi. Ushbu bellashuv oldidan liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp jarohat olgan futbolchilar haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

"Alisson borasida bir nima deyish qiyin. Balki ha, balki yo‘q. Ammo yaxshi tarafi u jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazishni boshladi. U o‘zini yaxshi his etmoqda.

Matip yomon ko‘rinmayapti, ammo u ertangi uchrashuvga tayyor bo‘lmaydi, Shakiri ham va Klayn ham," - dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, Alisson APLning dastlabki turida, "Norvich" (4:1) ga qarshi bellashuvda jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, "Liverpul" - "Lester" uchrashuvi 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!